DUAL TA’LIM SHAROITIDA TALABALARNING KASBIY KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHDA O‘QITUVCHI FAOLIYATI VA REFLEKSIV TEXNOLOGIYALARNING METODIK AHAMIYATI

Saidjonova Parvina Shuxratovna, Buxoro davlat texnika universiteti mustaqil tadqiqotchisi

Авторы

  • Saidjonova Parvina Shuxratovna

Аннотация

Maqolada talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishda dual ta’limni joriy etishning pedagogik-metodik xususiyatlari, professor-o‘qituvchilarning dual ta’lim sharoitidagi yangi funksional vazifalari hamda refleksiv texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Dual ta’limda nazariy va amaliy tayyorgarlikning oddiy navbatlashuvi emas, balki oliy ta’lim tashkiloti, korxona, pedagog, ishlab chiqarish mentori va talaba faoliyatining yagona kompetensiyaviy natijaga yo‘naltirilgan integratsiyasi ustuvor ekanligi asoslangan. O‘qituvchining dasturiy-loyihalash, koordinatsion, metodik, diagnostik-baholash va refleksiv funksiyalari aniqlashtirilgan. Mazkur sikl kasbiy bilimlarni real ishlab chiqarish vaziyatlariga transfer qilish, mustaqil qaror qabul qilish va kasbiy o‘zini rivojlantirishni ta’minlovchi metodik mexanizm sifatida asoslangan.

Загрузки

Опубликован

2026-10-12

Выпуск

Раздел

Образование и инновационные исследования