Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал https://interscience.uz/index.php/home
Журнал зарегистрирован 28.07.2021 под номером 9305 в Государственном реестре средств массовой информации Республики Узбекистан.
Журнал основан в 2020 году и выходит раз в 2 месяца. С ноября 2021 год журнал выходить 1 раз в месяц.

Язык журнала: узбекский, русский и английский.
Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал (учредитель Бухарского государственного университета и ООО "Фан ва таълим"

Факты, представленные в статье автор несет ответственность за ее достоверность

ru-RU gulbahor29.05@gmail.com (Akramova G.R.) gulbahor29.05@gmail.com (Акрамова Гулбахор Ренатовна) Вт, 29 сен 2026 04:29:47 +0000 OJS 3.2.1.0 http://blogs.law.harvard.edu/tech/rss 60 TASVIRIY SAN’AT MASHG‘ULOTLARIDA QALAMTASVIR VA RANGTASVIR VOSITALARI INTEGRATSIYASI ORQALI TALABALARDA KOMPOZITSION FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH https://interscience.uz/index.php/home/article/view/4733
Mazkur maqolada tasviriy san’at mashg‘ulotlari jarayonida qalamtasvir va rangtasvir vositalarini o‘zaro integratsiyalash asosida talabalarning kompozitsion fikrlash qobiliyatini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Qalamtasvir tasvirning konstruktiv asoslarini aniqlash, shakl, nisbat, perspektiva va yorug‘-soya munosabatlarini anglashga xizmat qilsa, rangtasvir rang, tus, kolorit, kontrast va emotsional ifodani shakllantirish imkonini beradi. Ushbu ikki yo‘nalishning uyg‘un qo‘llanilishi talabada badiiy obrazni yaxlit ko‘rish, tasviriy vositalarni maqsadga muvofiq tanlash, fazoviy munosabatlarni anglash va mustaqil kompozitsion yechim yaratish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Maqolada eskiz, qoralama, ranglama, natyurmort va manzara asosida bajariladigan amaliy mashqlar orqali kompozitsion fikrlashni shakllantirishning metodik imkoniyatlari tahlil qilingan.
Asatullayeva Goʻzal Sirojiddin qizi Copyright (c) 2026 Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал https://interscience.uz/index.php/home/article/view/4733 Вт, 29 сен 2026 00:00:00 +0000 SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA TA’LIM MUASSASALARIDA BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH https://interscience.uz/index.php/home/article/view/4734
Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ta’lim muassasalarida boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonlari va bu sohadagi tizimlarni takomillashtirish masalalari yoritiladi. Unda sun’iy intellekt yordamida axborotlarni tahlil qilish, qarorlarni samarali qabul qilish, jarayonlarni optimallashtirish va innovatsion yondashuvlarni joriy etishning ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Sun’iy intellekt asosida boshqaruvda yuzaga keladigan keng imkoniyatlar bilan bir qatorda, bu sohadagi dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida ham fikr yuritilgan. Maqolada raqamli transformatsiya davrida ta’lim muassasalarining samarali faoliyat yuritishida sun’iy intellektdan foydalanishning istiqbollari va natijalari muhim ilmiy-amaliy asosda tahlil qilinadi.
Eshpo’latova Maftuna Akbar qizi Copyright (c) 2026 Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал https://interscience.uz/index.php/home/article/view/4734 Вт, 29 сен 2026 00:00:00 +0000 TURKISTONDA JADIDCHILIK HARAKATINING SHAKLLANISHIDA USMONLI TURK SULTONLIGIDAGI ISLOHOTLARNING OʻRNI” https://interscience.uz/index.php/home/article/view/4732
Mazkur maqolada Turkistonda XIX asr oxiri – XX asr boshlarida vujudga kelgan jadidchilik harakatining shakllanishida Usmonli turk sultonligida amalga oshirilgan Tanzimot islohotlari va konstitutsiyaviy oʻzgarishlarning oʻrni tahlil qilinadi. Usmonli matbuoti, maorif tizimidagi yangilanishlar hamda “yosh turklar” harakati gʻoyalarining Turkiston maʼrifatparvarlariga taʼsir koʻrsatish yoʻllari — sayohatlar, matbuot aloqalari va taʼlim almashinuvi orqali — koʻrib chiqiladi. Mahmudxoʻja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov kabi jadid namoyandalarining Usmonli islohotlariga munosabati misolida gʻoyaviy taʼsir mexanizmlari asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari Turkiston jadidchiligining xalqaro-mintaqaviy kontekstini yanada toʻliqroq tushunishga xizmat qiladi.
Rustamova Dilafroʻz Azamatovna Copyright (c) 2026 Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал https://interscience.uz/index.php/home/article/view/4732 Вт, 29 сен 2026 00:00:00 +0000