NAVOIYNING “NAVODIR USH-SHABOB” DEVONI NASHRLARIDAGI TARJE’BANDLARNING MATNIY TAFOVUTLARI VA ULARNING G‘OYAVIYBADIIY TAHLILI
Nazora Bekova, BuxDU dotsenti Shahlo Halimova, BuxDU Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik ixtisosligi magistri
Аннотация
Istiqlol sharofati bilan boy ma’naviy merosimiz hamda asrlar davomida e’zozlab kelingan milliy an’ana va qadriyatlarimiz qayta tiklandi. Bu esa ko‘plab sohalarda bir qator islohotlarning yuzaga kelishiga zamin hozirladi. Bugungi kunda matnshunoslik, ayniqsa, O‘zbekiston uchun dolzarb ahamiyatga ega. Chunki o‘lkamiz tarixi va madaniyatiga oid yuzlab bebaho asarlar hali nashr etilmasdan qo‘lyozma holida saqlanmoqda. Sir emas, bir necha nusxada yetib kelgan asar qo‘lyozmalari orasida ancha-muncha tafovutlar bo‘lishi tabiiydir. Ayni shu fikrlarni navoiyshunosligimizga ham tatbiq qiladigan bo‘lsak, mustaqillikdan keyin Hazrat Alisher Navoiyning “Siroj ul-muslimin”, “Arbain”, “Munojot” kabi qator diniy-tasavvufiy mavzudagi asarlari chop etildi. Qolaversa, shoirning bir qancha asarlari ham qaytadan talqin va tahrir qilindi. Yildan yilga navoiyshunoslik borasidagi ishlari ko‘lami kengayib, turli loyihalar, tadqiqotlar yaratilmoqda.
Библиографические ссылки
Алишер Навоий асарлари тилининг изохли луғати .–T.: Фан, 1983 .
Навоий асарлари луғати. – Тошкент, 1972.
Навоий Алишер.15 томли. 2-том. Наводир уш-шабоб.-Т.:1963.
Навоий Алишер. Мукаммал асарлар туплами. 20 томли. 4-том. Наводир уш-шабоб–Т., 1989.