OLIY TA’LIM MUASSASASI TALABALARI UCHUN BOTANIKA FANIDAN YARATILGAN MOBIL ILOVANING DASTURIY IMKONIYATLARI
Farmonova Madina A’zamovna, tayanch doktorant. Buxoro davlat universiteti
Аннотация
Oliy ta’limda mutaxassis kadrlar tayyorlash sifatini oshirishda
ta’lim texnologiyalari asosiy omillardan biridir. Shu jumladan oliy ta’lim
muassasalarida botanika fanini “Mobile-learning” texnologiyasidan foydalanish
asosida o’qitishni takomillashtirishda ta’lim texnologiyalarining o’rni beqiyosdir.
Bu yo’nalish bo’yicha kadrlar tayyorlashda ta’lim texnologiyalarini ishlab
chiqishda yangicha yondashish bilan ta’lim samaradorligini oshirishda yuqori
natijalarga erishish uchun zamin yaratadi.
Maqolada mobil ilovalarning jahon hamjamiyatidagi hozirgi vaqtdagi o’rni,
ularning tavsifi, ta’lim sohasida mobil ilovalarning ahamiyati, o’qitishda mobil
texnologiyalardan foydalanish usullari, bugungi kunda mobil ta’limning asosiy
tendentsiyasi, mobil ta’limni rivojlantirishning texnik va uslubiy jihatlari, axborotkommunikatsiya texnologiyalari (AKT) bilan mobil texnologiyalarning o’zaro
bog’liqligi, mobil o’qitish tizimining afzalliklari haqida fikr yuritiladi. Maqolda
pedagogika universiteti 5110400-Biologiya ta’lim yo’nalishi umumkasbiy fanlar
blogi BotM20020 Botanika fani namunaviy fan dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan
mobil ilova to’g’risida tavsiflab berilgan. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan ushbu
mobil ilovada oliy xalqaro mobil onlayn qidiruv tizimi Play Market tizimiga “botanika
buxdu” nomi asosida joylashtirilgan qulayliklari va oliy ta’lim muassasasining
biologiya (faoliyat turlari bo’yicha) ta’lim yo’nalishida o’qitiladigan botanika
fanidan ishlab chiqilgan mobil ilovaning o’qitish imkoniyatlariga oid ma’lumotlar
keltirilgan.
Библиографические ссылки
Farmonova M. A. TA’LIM UMUNDORLIGINI OSHIRISHDA MOBIL ILOVALARNING O’RNI //Academic research in educational sciences. – 2021. – Т. 2. – №. 3.
Хакимов Х. Н. ЖИСМОНИЙ ВА МАЪНАВИЙ-АХЛОҚИЙ ТАРБИЯ ИНТЕГРАЦИЯЛАШУВИНИНГ НАЗАРИЙ АСОСЛАРИ //Academic research i educational sciences. – 2021. – Т. 2. – №. 4. – С. 479-483.
Асланов К. П., Хакимов Х. Н., Акрамова Г. М. МЕСТО ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ В ОБУЧЕНИИ СТУДЕНТОВ //Журнал научных публикаций аспирантов и докторантов. – 2015. – №. 9. – С. 38-39
Arslonov Q. P., Xakimov X. N. Peculiar especially sport holidays in the life of the young generations //Europaische Fachhochschule. – 2014. – №. 3. – С. 50-51.