O`ZBEK DOSTONCHILIGINING OʼZIGА XOS XUSUSIYATLАRI (Xorazm baxshilar repertuari va ijrochilik mahorati)

Sabirova Nasiba Ergashevna Xorazm viloyati Pedagoglarni yangi Metodikalarga o`rgatish milliy markazi Tillarni o`qitish metodikasi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori (DSc),prof.v.b.

Авторы

  • Sabirova Nasiba Ergashevna TerDU

Ключевые слова:

baxshichilik, baxshichilik repertuari, ijrochilik mahorati, baxshichilik maktabi, doston ijrosi, soz, musiqa, dostonchilik, doston kuylash anʼanalari.

Аннотация

Ushbu maqolada Xorazmda doston ijrosida soz, musiqaga asosiy eʼtibor qaratilishi, har bir nagʼma-kuy maxsus nomlangan boʼlganligidan kuylarni esda saqlash baxshi zimmasiga yanada koʼproq masʼuliyat yuklashi, baxshilar repertuari va ijrochilik mahorati haqida soʼz boradi. Bundan tashqari baxshida oʼz kasbiga eʼtiqod, kuch-gʼayrat boʼlishi shart ekanligi, xorazmlik Suyav baxshi Muhammad Rahimxon Soniy-Feruz dargohida “Eroʼgʼli” dostonini 21 kecha muntazam kuylagani, hatto poyariqlik Аmin baxshi “Аlpomish” dostonini uch oy mobaynida kuylagani va bunday real maʼlumotlar hozirda afsonaday boʼlib tuyulishi, baxshi mahorati koʼp narsaga bogʼliq ekanligi, eng avvalo anʼanadan boshlanishi lozimligi xususida fikr-mulohazalar bildirilgan. Shuningdek, doston kuylash anʼanasi asrlar boʼyi avloddan avlodga oʼtib kelganligi, iqtidorli baxshilar uni muntazam takomillashtirib kelishgani, ammo ijrochining shaxsiy mahorati faqat anʼana doirasidagina roʼyobga chiqshi maqolada misollar asosida keltirib oʼtilgan. Dostonchilikning sir-asrorini puxta bilmagan ijrochi oʼz mahoratini namoyon qila olmasligi, bu sir-asror asosan, doston kompozitsiyasida namoyon boʼlishi, folklorshunoslikda bu hodisani epik qolip deb yuritilishi yuzasidan qiziqarli maʼlumotlar berilgan.

Библиографические ссылки

Hodi Zarif. Ulkan xalq sanʼatkori. // Ergash shoir va uning dostonchilikdagi oʼrni. –T.: Fan, 1971. –B.8. (8-40).

Roʼzimboyev S.R. Epos haqida qaydlar. // Saylanma. –Urganch, “Xorazm”, 2012. –B.222. (222-295).

Bozorov А. Вопросы авторство и творческой индивидуальности бахши в узбекском нпродном дастанном сказительстве. АKD. –T.: 1991. –S.15. (18).

Qahhorova Sh. Baxshi estetik ideali haqida. / Oʼzbek folklorshunosligi masalalari. Vtom, -T.: 2015. –B.41. (40-44)

Saidov M. Oʼzbek xalq dostonchiligida badiiy mahorat. –T.: Fan, 1969. –B.21. (264).

Mirzaev T. Эпос и сказитель. –S.47-48.

Saidov M. Xalq dostonlarida epik qolip va anʼanaviy formulalar. // Oʼzbek filologiyasi masalalari. Научные труды ТашГУ вып. 362. –T.: 1970. –S.52.

“Goʼroʼgʼli”. –Urganch, “Xorazm”, 2004. –B.41 (476 ).

“Goʼroʼgʼli”. –Urganch, “Xorazm”, 2004. –B.358-359(476 ).

“Goʼroʼgʼli”. –Urganch, “Xorazm”, 2004. –B.65 (476 ).

Sabirova N. Xorazm baxshichilik va xalfachilik an’analari.- Toshkent, “FAN” 2021.- B.56-68

Загрузки

Опубликован

2025-04-17