KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI VA UNING NAZARIY ASOSLARI
Idiyeva Gulchehra Izomovna
Аннотация
Bugun yurtimizda ta’lim-tarbiyaga berilayotgan e’tibor, barcha sohalarda
yaratilayotgan ulkan shart-sharoitlar, insonga berilayotgan yuksak imkoniyatlar albatta,
barchani ruhlantirgan holatda ijodiy faoliyatini har tomonlama rivojlantirishga, o‘z ilmiy
salohiyatini, iqtidorini, kreativ qobiliyatlarini namoyon etishga ulkan zamin yaratib bermoqda.
Barcha sohalar inson aqliy salohiyati, kreativ fikrlashi, hayotiy hodisalar, ijtimoiy muhitga
nisbatan ijodiy yondashuvi, muammo va uni yechishda turli yangi g‘oyalar, izlanishlar, keng
dunyoqarash bilan qaralgan holda rivojlantirilib, insonning o‘ziga xos keng qobiliyatlarini
namoyon etib bormoqda. Ushbu maqolada kreativlik tushunchasining mohiyati va uning olimlar
tomonidan talqin etilgan turlicha yondashuvlari, nazariy asoslangan fikrlari, ijtimoiy hayot
jabhalarida kreativlik qobiliyatining tutgan o‘rni, shuningdek, bolalarning ijodiy qobiliyatlarini
tarkib toptirish usul va metodlari bayon etilgan. Kreativlik asosida ijodiy faoliyatni tashkil
etishdagi samaradorlik, ijodiy imkoniyatlar tizimi asosida hayotiy muhim jarayonlarni tashkil
etish, har qanday vaziyatdan chiqish usul va yo‘riqlari, kreativlikning namoyon bo‘lishi,
kreativ insonga xos xususiyatlar, ijodiy salohiyatga ega shaxslarning muammoni hal qilish,
turli g‘oyalar, yangicha usullardan foydalanishdagi noodatiy yondashuvlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Bugungi ta’lim tizimini rivojlantirish, xalqaro tatqiqotlarda munosib o‘rinni egallashda kritik,
kreativ, mustaqil fikrlashga e’tibor qaratish, ta’limda shu tafakkur usullaridan izchil foydalana
olish, zamon bilan hamnafas kadrlarni tayyorlashda eng mustahkam tayanch bo‘lib vazifasini
bajarishi bu maqolada bayon etilgan.