TALABALARNING JISMONIY TAYYORGARLIK KO‘RSATKICHLARIGA STOL TENNISI MASHG‘ULOTLARINING TA'SIRI
Kadirov Shoxrux Buxoro davlat universiteti katta o’qituvchisi
Аннотация
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish, yoshlarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning jismoniy tayyorgarligi va sport mahoratini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-son Farmoni bilan sog‘lom turmush tarzini keng joriy etish va ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilab berilgan. Mazkur vazifalar oliy ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya tizimini takomillashtirish, talaba-yoshlarning jismoniy faolligini oshirish hamda sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlarni yaratishni taqozo etadi. Maqolada oliy ta’limda stol tennisidan mashg’ulotlarining ta’siri haqida so’z boradi.