A.R. MUHAMMADJONOV ILMIY MEROSIDA BUXORO VOHASINING SUGʻORILISH TARIXI: TARIXIY-GEOGRAFIK VA ARXEOLOGIK TAHLIL
Sultonova Aziza Uktamovna Buxoro davlat universiteti maqsadli tayanch doktoranti (PhD)
Аннотация
Maqolada akademik Abdulahad Rahimjonovich Muhammadjonovning «Buxoro vohasi sugʻorilishi tarixi (qadimdan XX asr boshigacha)» (Toshkent, 1978) nomli fundamental tadqiqoti asosida vohaning sugʻorish tizimlari tarixi tarixiy-geografik va arxeologik jihatdan tahlil qilinadi. Olimning yozma manbalar (Narshaxiy, Ibn Havqal, Istaxriy) va arxeologik dala tadqiqotlarini uygʻunlashtirgan uslubiy yondashuvi, shuningdek uning ilmiy merosining keyingi tadqiqotlarga taʼsiri koʻrib chiqiladi. Natijalar Buxoro vohasi sugʻorish tizimining rivojlanishi bir necha bosqichda kechganini va bu jarayon vohaning ijtimoiy-iqtisodiy tarixi bilan chambarchas bogʻliqligini koʻrsatadi.
Загрузки
Опубликован
2026-09-01
Выпуск
Раздел
Образование и инновационные исследования