O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLIKLARIDAGI HIKOYALARNING TARBIYAVIY AHAMIYATI (“Suv va daraxt” hikoyasi asosida)
Jalilova Gulnoza Toyirovna Buxoro Osiyo Xalqaro Universiteti magistranti
Ключевые слова:
hikoya janri, didaktik hikoya, insonparvarlik, voqea, insoniy fazilatlar, tarbiya, barkamol inson, ma’naviy ozuqa.Аннотация
Hikoya janri insonga ma’naviy ozuqa beruvchi ijod mahsulidir. Jahon va o’zbek bolalar adabiyoti nasrida hikoya janri badiiy saviyasi baland, mazmuni ixcham, real voqelik yoritilgan asar hisoblanadi. Hikoyada davr va qahramon masalasi, ijtimoiy hayot tasviri, xarakterlar talqini asarning asosiy bo‘g‘inini tashkil qiladi. Bu janr azal-azaldan didaktik ma’no kasb etib, insonlarga o‘zgalar turmushi orqali xulosa chiqarish va ularni yaxshiliklarga yetaklash, insoniy fazilatlarni shakllantirish uchun xizmat qilib kelgan. Shu boisdan, hikoya janri badiiy adabiyotda tarbiyaviy jihati ustuvorligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada “Suv va daraxt” hikoyasi misolida o‘quvchilarni insonparvarlik, bag‘rikenglik, kamtarlik, yaxshilikka nisbatan minnatdorlik hissi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega shaxs sifatida tarbiyalashda hikoyaning muhim jihatlari haqida batafsil to’xtalishga harakat qilindi.
Библиографические ссылки
Xudoyberdiyev E. Adabiyotshunoslikka kirish. – Toshkent, 2007.
Rasulov A. Badiiylik – bu zavol yangilik. – Toshkent, 2007.
Solijonov Y. Hozirgi o‘zbek hikoyasi//O‘zbek tili va adabiyoti, 2012 yil, 4-son.
Mamajonov S. Tanqidchi va adabiy jarayon. O‘zbek adabiyoti tanqidi(antologiya). – Toshkent: “Turon iqbol”, 2011. 5. 5.G‘afforova T. Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar. O‘qituvchi kitobi. – Toshkent: “Tafakkur”, 2011. 6. 6.Aydarova B. O‘qish savodxonligi, 2-sinf. –Toshkent, “Novda”, 2023.