TALABALARDA HARBIY-KASBIY MOTIVATSIYANI SHAKLLANTIRISH
https://doi.org/10.53885/edinres.2022.8.08.039 Nazarov Tohir Toshpo‘lotovich, Harbiy ta’lim fakulteti Maxsus tayyorgarlik sikli o‘qituvchisi. Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti
Ключевые слова:
motiv, motivatsiya, qiziqish, kayfiyat, faoliyat, shijoat, yuksak ma’naviyat, bilim, ko‘nikma.Аннотация
Maqola talabalarning o‘quv va jangovor faoliyati jarayonida ma’naviy, axloqiy, jismoniy sifat jihatdan samarali natijaga erishishi. Guruhdagi o‘zaro munosabatlar kishilar xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatishi, talabaning o‘z ofitseriga bo‘lgan ichki sub’ektiv munosabati unda harbiy xizmatga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Qandaydir sabablarga ko‘ra, ushbu munosabat salbiy bo‘lsa, bo‘ysunish majburiy, xizmat jarayoni esa zerikarli bo‘ladi, natijada kelishmovchilik va ko‘ngilsiz holatlar kelib chiqadi. Aksincha, ofitsero‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi ijobiy munosabat xizmatni osonlashtirib, uni sevimli mashg‘ulotga aylantiradi. Bu esa talabalarda kerakli jangovar sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Guruhlardagi harbiy intizomni mustahkamlashda o‘zaro munosabatlar mazmuni katta ahamiyatga ega. Qayerda o‘zaro munosabatlar harbiy nizomlar asosiga qurilgan bo‘lsa, o‘sha joyda harbiy intizom mustahkam bo‘ladi. O‘zaro qarama-qarshi motivlarning salmog‘i qamrovli bo‘lsa, shaxsni faoliyatga undovchi ehtiyojlarning ob’ekti o‘zining qiymati bilan o‘zaro baravarlashsa, u holda bunday motivlar kurashi ularga hamohang tarzda kuchli kechishiga sabab bo‘ladi. Ta’lim vaqtida ham, ta’limdan tashqari holatlarda ham o‘ziga xos his-tuyg‘ularga, irodaviy sifatlarga, tafakkur va dunyoqarashga ega bo‘lgan talabalar o‘zaro munosabatlarga kirishadilar. Bu esa talabalar o‘rtasidagi munosabatlar yordamida motivatsiyani shakllantirishga ega ekanligidan dalolat beradi.
Библиографические ссылки
G‘oziyev E.G‘. Umumiy psixologiya.-T:Universitet, 2002.-B.137.
Raximov F.B. Harbiy psixologiya va pedagogika asoslari Darslik.-B.;Umid, 2022.-151 b.
Uzoqov A.M. Harbiy psixologiya va pedagogika O‘quv qo‘llanma.- B.;Kamolot, 2022.-131 b.
Nasriddinov Ch.R. Harbiy psixologiya. O‘quv qo‘llanma T.;Fan, 2004.-123b.