O‘SMIRLARDA O‘Z-O‘ZIGA MUNOSABAT MOTIVATSIYASINING IJTIMOIY- PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Sayfulloeva Aziza G‘ulomjonovna “Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti” magistranti, Turon Zarmed universitetining “Boshlang’ich ta’lim, pedagogika va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi.
Ключевые слова:
o‘smir, o‘z-o‘zini baholash, o‘z-o‘ziga munosabat, psixologik muhofaza, o‘ziga munosabat motivatsiyasi, adekvat bilish.Аннотация
Ushbu maqolada o‘smirlarning o‘z-o‘zini baholash, o‘z-o‘ziga munosabat va o‘zini psixologik muhofaza qilish jarayonlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek o‘smirlik yoshidagi ruhiy- psixologik holatlar ilmiy asoslab berilgan. Maqolada o‘smirlik davrining xulq-atvor motivatsiyasini o‘rganishning nazariy va amaliy masalalari yoritilgan. Shaxsning har jihatdan ijtimoiy taraqqiyoti, shaxs sifatidagi faolligi va o‘zini o‘zi rivojlantira borishi ko‘p jihatdan ushbu jarayonga bog‘liqdir Buning uchun o‘smirlikning xulq-atvor motivatsiyasilari masalasini psixologlar tomonidan o‘rganilganligiga e’tibor qaratilgan. Shaxsning o‘zi o‘zini baholash, shaxs individual xususiyatlari, ayniqsa dinamik xususiyatlarini o‘rganish, tahlil qilish va shu asosda shaxs ijtimoiy taraqqiyoti uchun muhim bo‘lgan psixologik yondashuv usullarini belgilash har qanday davlat va jamiyat oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. O‘smirlarning o‘zi o‘ziga munosabat haqidagi bilimlari, uning ijtimoiy tajribasi, xulq- atvor motivatsiyasi va o‘zini o‘zi tarbiyalashga, rivojlantirishga jiddiy yondashuvi asosida shakllanadi. Ayniqsa o‘smirlik davrida bu jarayonga jiddiy qarash kerak bo‘ladi. O‘smir shaxsining motivatsion sohasini o‘rganish muammosi eng ko‘p talab qilinadi, chunki. ko‘pgina qadriyat yo‘nalishlarining ahamiyatini qayta baholash, jamiyatdagi o‘z o‘rnini qayta ko‘rib chiqish, hayot natijalari uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish shaxs motivlarida yashiringan bo‘lib, nafaqat bilimni, balki ularni shakllantirishni boshqarishni ham talab qiladi. Shaxsning o‘zini o‘zi hissiy baholash jarayoni o‘zini o‘zi turli xil ko‘ngilsizliklardan, muvaffaqiyatsizliklardan va ziddiyatli vaziyatlardan ma’lum darajada muhofaza qilish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Библиографические ссылки
Adizova T.M. Boshqaruv muloqoti psixologiyasi – T.:TDPU, 2000.– 196 b.
Asomova R.S. Kasb tanlash motivatsiyasi va uning dinamikasi: psixol. fan nom. dis. avtoref. - Toshkent, 2002. – 128 b..
Barotov Sh.R. Ta’limda psixologik xizmat asoslari.-Toshkent. Ma’naviyat, 1999.- 87 b.
Qodirov B.R. Iste’dodli bolalar va ularni tanlash metodikasi. - T., 1992.-326 b.
Qodirov K.B. Kasb tanlashga tayyorgarlikning psixologik jihatlari va kasbiy tashxis. (9-sinf o‘quvchilari ma’lumotlari asosida). Psixol. fan. nom. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Toshkent.- 2001.- 134 b.
Barotov Sh.R. Bolangizni ruxiy zo‘riqishdan asrang // Sihat- salomatlik. - Toshkent, 1997. - № 2. – B. 27 - 28.