TARJIMALAR SEMANTIKASINING MILLIY-O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARINI KO‘RSATUVCHI IKKI TILLI LUG‘ATLARNI TAKOMILLASHTIRISH ZARURATI
Rasulova Istoda Samarqand davlat universiteti, O‘zbek tilshunosligi dotsenti
Аннотация
Maqolada ikki tilli lug‘atlarni tuzishda semantik tafovutlarni hisobga olish
zarurati yoritiladi. Xususan, kontrastiv semalar lug‘atlari misolida leksik birliklarning denotativ,
konnotativ va funksional semalari qiyoslanib, ularning milliy-madaniy o‘ziga xosliklari ochib
beriladi. “Ona – мать” va “Tog‘a – дядя” leksemalari misolida semantik moslik darajalari
aniqlanib, integral identiklik indeksi hisoblanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ba’zi
leksemalarda ekvivalentlik yuqori darajada bo‘lsa-da, ayrim hollarda milliy-madaniy farqlar
tarjimada sezilarli tafovutlarni yuzaga keltiradi. Shu bois kontrastiv lug‘atlar tarjimonlik, chet
tilini o‘qitish va lingvomadaniy tadqiqotlarda muhim vosita sifatida xizmat qiladi.
Загрузки
Опубликован
2026-07-07
Выпуск
Раздел
Образование и инновационные исследования