SAID AHMADNING “SAROB” HIKOYASIDA MILLIY KOLORIT TASVIRI
Hamraeva Mohira Ummatovna, JDPU tadqiqotchisi
Аннотация
Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi Said Ahmadning “Sarob” hikoyasida milliy koloritning badiiy ifodalanish xususiyatlari tahlil qilingan. Asarda milliy muhit, milliy xarakter, xalqona til, urf-odat va an’analar, milliy qadriyatlar hamda badiiy detallar tizimi orqali o‘zbek xalqining ma’naviy-axloqiy qiyofasi qanday yaratilgani yoritiladi. Shuningdek, milliy koloritning syujet va kompozitsiya, obrazlar tizimi hamda psixologik tasvir bilan o‘zaro bog‘liqligi ilmiy-nazariy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqotda qiyosiy-tahliliy, tarixiy-tipologik va germenevtik usullardan foydalanildi. Tahlil natijalari Said Ahmad milliylikni tashqi etnografik belgilar bilan cheklamasdan, uni inson ruhiyati va axloqiy tanlovi bilan uyg‘un holda badiiylashtirganini ko‘rsatadi.