ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA “MODDIY-RASMLI-TIMSOLLI” YONDASHUV ORQALI HAYOTIY KOʻNIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
Sabirova Nasiba Ergashevna, filologiya fanlari doktori, professor. Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi, Tillarni o’qitish metodikasi kafedrasi mudiri.
Аннотация
Mazkur maqolada ona tili va adabiyot darslarida "Moddiy–Rasmli–Timsolli" yondashuvdan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Ushbu yondashuvning o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalari, xususan, kreativ fikrlash, tanqidiy tahlil, kommunikativ kompetensiya hamda hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, moddiy, vizual va timsolli vositalar asosida matnni o‘rganish, badiiy asarlarni chuqur anglash, obraz va ramzlarni tahlil qilish hamda dars jarayonini interfaol tashkil etishga xizmat qiluvchi metod va usullar misollar asosida yoritilgan. Maqolada mazkur yondashuvning o‘quvchilarning bilish faolligi, tasavvuri, mustaqil fikrlashi va ijodkorligini rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari asoslab berilgan.