FONETIKA TA’LIMINI TAKOMILLASHTIRISH MODELI

Ganiyeva Dildora Sagdullayevna, Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti, Kattaqo‘rg‘on, O‘zbekiston

Авторы

  • Ganiyeva Dildora Sagdullayevna

Аннотация

Ushbu maqoda mamlakat ta’lim tizimida ona tili va adabiyot o‘qituvchilarini tayyorlash, fonetik ta’limni rivojlantirish bilan bog‘liq muammolar tahlil qilinadi. Muallif o‘quvchilarda to‘g‘ri talaffuz, urg‘u va intonatsiya ko‘nikmalarini shakllantirish, imlo va adabiy talaffuz me’yorlariga rioya qilish zarurligini ta’kidlaydi. Sheva ta’siri, o‘qituvchilarning o‘zlari ayrim tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qila olmasligi, darsliklarda fonetik mashqlar, transkripsiya belgilari va oksilografik chizmalarning yetishmasligi asosiy to‘siqlar sifatida ko‘rsatiladi. [o‘], [u], [i], [e], [h], [x], [q], [ng] kabi tovushlarni o‘qitishda hududiy xususiyatlarni inobatga olish lozimligi aytiladi. Shuningdek, oliy ta’limda “O‘zbek tili amaliy fonetikasi”, “Adabiy talaffuz”, “Ritorika”, “Ortologiya” kabi fanlarni o‘qitish, interaktiv va elektron mashqlar tizimini yaratish, ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish taklif etiladi. Matnda fonetik ta’limni takomillashtirish modeli bosqichlari: nazariy, amaliy, interaktiv, mustaqil ish, baholash va texnologik qo‘llab-quvvatlash orqali yoritilgan. O‘qituvchi tayyorlashda nutqiy nuqsoni bo‘lmagan, adabiy me’yorni egallagan kadrlar zarurligi, takror va mashq orqali ko‘nikma mustahkamlanishi alohida qayd etiladi. Xulosa qilib, adabiy talaffuz madaniyatlilik va millat birligini ta’minlovchi omil ekani, fonetik ta’limning ta’lim jarayonidagi o‘rni muhimligi qayd etiladi.

Загрузки

Опубликован

2026-10-12

Выпуск

Раздел

Образование и инновационные исследования