O‘ZBEK BOLALAR NASRIDA HIKOYA JANRINING BADIIY XUSUSIYATLARI VA UNI O‘QITISHDA ADABIY TAHLIL TAMOYILLARI
Nusratova Hamida Cho‘liboyevna Toshkent Kimyo xalqaro universiteti professori, PhD.
Аннотация
Mazkur maqolada o‘zbek bolalar nasrida hikoya janrining badiiy-estetik xususiyatlari, janrning shakllanishi va taraqqiyot tendensiyalari hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga hikoyalarni adabiy tahlil asosida o‘rgatishning nazariy-metodik jihatlari tadqiq etiladi. Hikoya janrining kompozitsion yaxlitligi, syujet qurilishi, obrazlar tizimi, xarakterlar dinamikasi va badiiy konfliktning o‘ziga xos xususiyatlari adabiy ta’lim nuqtayi nazaridan yoritiladi. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida badiiy matnni idrok etish, qahramonlar xatti-harakatlariga munosabat bildirish, matnga tayanib mustaqil fikrlash va dastlabki adabiy tahlil ko‘nikmalarini shakllantirishning samarali metodik tamoyillari asoslab beriladi. Hikoya janrini o‘rgatishda estetik idrok, yosh xususiyatlariga mos yondashuv, muammoli savollar, matniy tahlil va ijodiy topshiriqlarning o‘zaro uyg‘unligi muhim metodik omil sifatida talqin etiladi.