BOʻLAJAK XONANDALARNING IJROCHILIK KOMPETENTLIGI TUSHUNCHASINING PEDAGOGIK MOHIYATI VA KOMPONENTLI TUZILMASI
Xomidov Sardorbek Xusanboy oʻgʻli Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti tayanch doktoranti
Аннотация
Maqolada boʻlajak xonandalarning ijrochilik kompetentligi tushunchasining pedagogik mohiyati ochib berilgan. “Xonanda”, “hofiz” va “ashulachi” atamalarining mazmuniy chegaralari aniqlanib, tadqiqotning subyekti sifatida “boʻlajak xonanda” toifasiga pedagogik taʼrif berilgan. Bilim — koʻnikma — malaka — mahorat — kompetentlik qatori tahlil qilinib, mahorat bilan kompetentlik oʻrtasidagi chegara tuzilma va oʻlchov predmeti boʻyicha belgilangan. Mavjud komponentli modellar (N.V.Vasilyeva, A.A.Xotentsev, Ma Syao, Du Sivey, X.T.Botirova) qiyosiy tahlil qilingan hamda ijrochilik kompetentligining anʼanaviy xonandalik amaliyotida shakllangan kasbiy sifatlar tizimidan oʻstirib chiqarilgan besh komponentli tuzilmasi — motivatsion-qadriyatli, bilim-nazariy, vokal-texnik, badiiy-interpretatsion va refleksiv-baholash komponentlari — asoslangan. Har bir komponent nazariy asosi va oʻlchanadigan koʻrsatkichi bilan taʼminlangan.