QO’SHIQCHILIK SAN’ATIDA XALQ OG’ZAKI IJODI NAMUNALARINING O’RNI
Radjabova Nodira Mehmonovna, Buxoro davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi, Abdurauf Fitrat nomidagi Buxoro maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari
Аннотация
Ushbu maqolada qo’shiqchilik san’ati tarixi insoniyat paydo bo’lishi bilan yuzaga kelganligi, xalqlarning ma’naviy-axloqiy ruhiy holatiga qo’shiq janrining ta’siri, qo’shiqchilik san’аtining uzoq asrlar davomida avloddan-avlodga o’tib borishi jarayonlari dinamikasi haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, qo’shiq janrlarining uzoq tarixga ega bo’lganligi, asrlar osha avloddan avlodga uzatib kelinganligi. “Alla” qo’shiq janrining paydo bo’lishi, rivojlanish bosqichlari va o’ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritiladi. Alla qo’shiqchilik janrining asosida xalq og’zaki ijodining yotganligi, bu qo’shiq turining o’ziga xosligi, sodda va aniq tushunarli tilda bayon qilinishi kabi ko’pdan ko’p jihatlar tahlil qilingan. Alla qo’shiq janri tarixi, badiiy xususiyatlari, falsafiy, ma’naviy ruhiy jihatdan o’ziga xosligi masalalari maqolada tizimli ravishda bayon qilingan. Alla qo’shiq janrining bosqichlari, har bir bosqichning o’ziga xos xususiyatlari bolalarni beshikda ruhiy estetik jihatdan tarbiyalashdagi o’rni ilmiy asoslanib berilgan. Alla qo’shiq janri masalalarini o’rgangan turli soha mutaxassislarining bu boradagi fikr mulohazalari ulardan kelib chiqadigan xulosalar maqola matni bayonida ochib berilgan. Maqola xulosasida yangicha tafakkur nuqtai nazaridan alla qo’shiq janrining rivojlanishi, ona va bola munosabatlaridagi ahamiyati ochib berilgan.
Библиографические ссылки
Абу Али ибн Сино. «Тибқонунлари». I книга, Ташкент, 1959. - 293 страницы.
Алавия М. Узбекские народные обрядовые песни. Ташкент: «Фан», 1974. - 353 с.
Алишер Навои. Хамса. Ташкент, 1960. -494 с. 4.
Ветухов А. Народные колыбельные песни. М., 1892.-210 с.
Добряков Г. О. колыбельных песнях. - Вестник воспитания. М., 1914.Материалы личного общения автора, 2021.
Капица. O. Детский фольклор. Л., 1928.-222 с.
Махмуд Кашгари. Девонский турецкий словарь. Три тома. Том III, Ташкент, -253 с.
Мардонова Г.Алла,айтайжонимболам. Ташкент. Издательство Чулпон. 1996.-64 с.
Мелъников М.Н. Русский детскийфольклор Сибири. Новосибирск.1970. -218с.
Сафаров.О. Узбекские народные песни «алла». Алла-йоалла. Ташкент. “Учитель”, 1999. -160 стр.