MAQOLLARDAGI “QO‘Y” LMGIGA OID LEKSEMALARNING ISTE’MOLGA YAROQLILIK JIHATDAN DARAJALANISHI
https://doi.org/10.53885/edinres.2022.8.08.013 Sharipova Maftuna Jamshid qizi, Filologiya fakulteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi, Buxoro davlat universiteti https://orcid.org/ 0000-0001-5331-0246
Ключевые слова:
maqol, millat, ma’noviy guruh, qo‘y, martaba.Аннотация
Ushbu maqolada milliy-madaniy o‘zligimizni aks ettiruvchi “qo‘y” LMG asosidagi o‘zbek xalq maqollarining kundalik hayotda qo‘llanilishi, yaroqliligi nuqtayi nazaridan tasniflanishi tushuntirilgan. Maqollar ma’noviy guruhlarga ajratilgan holda nomlangan. Til tarixining xalq tarixi bilan chambarchas bog‘liqligi tilning paremiologik tarkibida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Maqolda ma’lum xalqning etnografiyasi, urf-odati, dunyoqarashi, kundalik turmush tarzi kabi xususiyatlar yorqin aks ettirilgan bo‘ladi va ushbu birliklar etnografik voqeliklarning toʻliq majmui, jamiyatning tarixiy va zamonaviy tuzilishi, tabiat xususiyatlari haqidagi maʼlumotlarni ham o‘zida mujassamlaydi.
Maqollar tillararo semantik ekvivalentligining mavjudligi nafaqat xalqlarning lisoniy qarindoshligi va ijtimoiy-tarixiy hamjamiyatiga, balki moddiy ishlab chiqarish va munosabatlarning ko‘pgina o‘ziga xos tarixiy shakllarining bir-biriga to‘g‘ri kelishi bilan ham bog‘liq. Maqolada o‘zbek xalqi turmush-tarzidan kelib chiqib qo‘llanadigan maqollar keltirilgan, tahlilga tortilgan.
Библиографические ссылки
Майтиева, Р. А. Структурно-семантическая характеристика
пословиц и поговорок даргинского языка в сопоставлении с английским.
кандидат филологических наук. 2011, Махачкала.
Abdul Ahad Sobirov. “Hidoyat” jurnali, 2011 yil, 7-son.
Шомақсудов Ш., Шораҳмедов Ш. Маънолар махзани (ўзбек
мақолларининг изоҳли луғати). – Тошкент: Ўзбекистон миллий
энциклопедияси Давлат илмий нашриёти, 2001. – Б. 199.
Жўраев М. Ўзбек мавсумий маросим фолклори. Т. Фан, 2008, 16 б.
Юлдашева Д.М. Ўзбек болалар фольклори тилида зоонимлар.
Филол.фанлари номзоди.... дисс. – Т., 2007. – 11 б.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Икки жилдлик. 1-жилд. А-Р. –
Москва: Рус тили. 1981. – Б. .
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Икки жилдлик. 2-жилд. А-Р. –
Москва: Рус тили. 1981. – Б. 541.
Gulxaniy. Zarbulmasal va g‘azallar. – Toshkent: O‘zSSR Davlat badiiy
adabiyoti. 1958. – B. 35.