O‘ZBEKISTONDA BOSHLANGʻICH TA’LIMDA INKLYUZIV TA’LIM INNOVATSIYASI

Jabborova Onaxon Mannapovna, Chirchiq davlat pedagogika universiteti Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Saparbayeva Dinoraxon Turg ‘unboy qizi Chirchiq davlat pedagogika universiteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

Авторы

  • Jabborova Onaxon Mannapovna, Saparbayeva Dinoraxon Turg ‘unboy qizi TerDU

Ключевые слова:

boshlang‘ich ta’lim, innovatsiya va yondashuv, O‘zbekiston ta’lim tizimi, ta’lim turlari, inklyuziv ta’lim, o‘quvchi va bilim, o‘quvchi va ko‘nikma, o‘qituvchi va muammo, pedagogik kadrlar tayyorlash, yondashuv va tajriba, eksperiment va xulosa, yo‘naltirish va umumlashtirish, bilim va undan foydalanish layoqati, teng ta’lim muhiti, maqsad va samara.

Аннотация

“O‘zbekiston-2030” strategiyasida 2030 yilga qadar boshlang‘ich ta’limni sifatli rivojlantirish va uning ko‘rsatkichlarini xalqaro ta’lim dasturlari hamda xorijiy mamlakatlarning tajribalariga mos ravishda tarkib toptirish erishish vazifasi qo‘yilgan[1;4]. Bu borada O‘zbekistonda boshlang‘ich ta’lim jarayonida inklyuziv ta’lim innovatsiyasini tarkib toptirish va u asosda alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan shaxslarning bilim va ko‘nikmalarini egallashni yo‘lga qo‘yish muhim strategik vazifalardan biri sifatida qo‘yilgan. Shu jihatdan ushbu maqolada mamlakatimizda boshlang‘ich ta’limda inklyuziv ta’lim innovatsiyasi mazmuni, uning asoslari, amalga oshirish mexanizmlari va kelgusida kutiladigan amaliy samaralari masalalari tahlil etilgan. Tahlil jarayonida mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlarning pedagogik olimlari ilmiy-tadqiqotlariga munosabat bildirilgan. Inklyuziv ta’limni tashkil qilish innovatsiyasining me’yoriy asoslari belgilab ko‘rsatilgan. Mazkur ta’lim turining ta’lim tizimidagi tutgan ahamiyati to‘g‘risida individual metodik yondashuvlar taqdim etilgan. Maqolaning asosiy maqsadi O‘zbekistonda boshlang‘ich ta’limda inklyuziv ta’lim innovatsiyasini tarkib toptirish bo‘yicha tushuncha va yo‘nalish berishdan iborat.

Библиографические ссылки

“O‘zbekiston-2030” strategiyasi. // www.ziyonet.uz

Hasanboyeva J. va boshq. Pedagogika fanidan izohli lug‘at. – Toshkent, 2009

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Yangi Qonuni (2020 yil), “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyani (Nyu York, 2016 13 dekabr) radifikatsiya qilish haqidagi”gi Qonuni. // www.lex.uz

Inklyuziv ta’lim. // “O‘zbekiston ovozi” gazetasi, 2024 yil 7 fevral soni

Jabborova O. Boshlang‘ich ta’limda innovatsion texnologiyalar. – Toshkent, 2023

Загрузки

Опубликован

2024-07-21