Muallifni hisobga oluvchi kontrastiv matn klasterlash yondashuvining tanqidiy-analitik tahlili
Subxonqulov Umidjon Buxoro Davlat universiteti
Аннотация
Ushbu maqolada muallif ma’lumotini kontrastiv o‘rganish asosida matn klasterlash jarayoniga integratsiya qiluvchi CAT (Contrastive Author-aware Text Clustering) modelining nazariy asoslari, arxitekturasi va ishlash tamoyillari tanqidiy-tahliliy jihatdan baholangan. Matn klasterlashning mavjud yondashuvlarida asosan matn mazmuniga e’tibor qaratilib, muallifga oid ma’lumotlardan samarali foydalanish masalasi yetarli darajada yoritilmagan. Mazkur maqolada modelning matematik asoslari, jumladan, klaster-instansiya va instansiya-instansiya kontrastiv yo‘qotish funksiyalari, o‘qitiladigan vaznli pooling (Trainable Weighted Pooling, TWP) hamda klaster darajasidagi diqqat mexanizmining ishlash prinsiplari tahlil qilinadi. Shuningdek, eksperimental natijalar statistik va metodologik nuqtai nazardan baholanib, yondashuvning afzalliklari, mavjud cheklovlari hamda amaliy qo‘llash imkoniyatlari yoritiladi. O‘tkazilgan tahlil natijalari muallifga oid ma’lumotni kontrastiv o‘rganish asosida integratsiya qilish matn klasterlash sifatini oshirishda muhim omillardan biri ekanligini ko‘rsatadi.