BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA RAQAMLI MEDIAMADANIYATNI SAMARALI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI
Narmanov Alisher Xasanovich Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Fakultetlararo ijtimoiy fanlar” kafedrasi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Аннотация
Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda raqamli mediamadaniyatni samarali shakllantirishning pedagogik mexanizmlari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Raqamli transformatsiya sharoitida pedagog kadrlarning media va axborot bilan ishlash kompetensiyalarini rivojlantirish, tanqidiy fikrlash, axborotni tahlil qilish, baholash hamda undan mas’uliyatli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishning dolzarbligi yoritilgan. Shuningdek, raqamli ta’lim texnologiyalari, interfaol metodlar, media ta’lim yondashuvlari va innovatsion pedagogik vositalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli mediamadaniyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik mexanizmlar asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini oshirish, raqamli ta’lim muhitida samarali faoliyat yuritish hamda media xavfsizlik va axborot madaniyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.