Отправка материалов

Для отправки материала вам нужно Войти в систему или Зарегистрироваться.

Контрольный список подготовки материала к отправке

В качестве одного из этапов процесса отправки авторы должны проверить соответствие их материала всем следующим пунктам, материалы могут быть возвращены авторам, если они не соответствуют этим требованиям.
  • Jurnal bo‘limlari


    Pedagogika va psixologiya
    Filologiya va tilshunoslik
    Matematika, fizika va mexanika.
    Texnika fanlari
    Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi.
    Tabiatshunoslik
    Tibbiyot
    Tarix va falsafa
    Turizm va iqtisodiyot
    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
    Geografiya

    MAQOLANI YUBORISH SHARTLARI

    «Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar” xalqaro ilmiy-metodik jurnaliga taqdim etiladigan ilmiy maqolalarga qo‘yiladigan asosiy talablar jahon andozalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oliy attestatsiya komissiyasi to‘g‘risidagi nizom»ga muvofiq falsafa doktori (PhD), fan doktori (DSc) dissertatsiyalarining asosiy ilmiy natijalarini e’lon qilish uchun tavsiya etiladigan ilmiy nashrlar, shu jumladan, elektron ilmiy-metodik, ilmiy-texnik jurnallarga qo‘yiladigan talablar tizimidagi andozalardan kelib chiqadi.
    Qo‘shimcha savollar, talab va takliflar bo‘yicha tahririyatning elektron manzili (E-mail: gulbahor75@rambler.ru) yoki telefoni (tel: 90-510-34-00) orqali murojaat etish mumkin.
    Muallif (yoki mualliflar) tomonidan taqdim etilayotgan ilmiy maqola mavzusi «Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar” xalqaro ilmiy-metodik jurnalining “Bo‘limlar” nomli ruknida keltirilgan yo‘nalishlarning birortasiga mos kelishi shart.
    Maqolalar asosan innovatsion tadqiqot, adabiyotlar tahlili va sharh, nazariya, amaliyot, uslubiyot, professional ilmiy taqriz va boshqa tavsifga ega bo‘lishi lozim.
    Maqola xalqaro andozalar talabi doirasidagi quyidagi aniq bandlarga ega bo‘lishi lozim:


    Maqola mavzusi (Title). Maqola mavzusi imkon qadar qisqa va lo‘nda ko‘rinishda shakllantirilgan bo‘lib, maqolaning tadqiqot yo‘nalishini aniq ifoda etishi lozim.

    Maqola muallifi to‘g‘risida ma’lumot (Author information)
    Ushbu qismda muallifning ismi-sharifi (otasining ismi bilan), ish joyi va lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, elektron pochta manzili va muloqot telefonlari kiritiladi.

    Maqola annotatsiyasi (Abstract). Maqolalarning qisqacha annotatsiyasi 8-10 qatordan oshmagan holda o‘zbek, rus va ingliz tillarida beriladi. Unda tadqiqot muammosi, uning dolzarbligi, tadqiqot muammosini ochib berish uchun qo‘llanilgan metodologiya, tadqiqot natijalari, maqolaning to‘la mazmunidan kelib chiqqan holda muallifning ilmiy va amaliy hissasining qisqacha bayoni yoritiladi.

    Tayanch so‘zlar (Key words). Tayanch so‘zlar maqola mazmuni va maqsadini eng qisqa mazmunda ochib beruvchi kalit so‘zlar hisoblanadi. scholar.google.com yoki google.com qidiruv tizimida maqola oson va eng birinchi sahifalarda topilishi uchun tayanch so‘zlarning har biri asosiy matn tarkibida o‘rtacha 5-10 marta takrorlanishi tavsiya etiladi.


    Kirish (Introduction). Kirish qismida asosan tadqiqot muammosi, uning maqsad va vazifalari yoritiladi. Mazkur qism tadqiqot mavzusining tanlanish asosi, uning dolzarbligi va ilmiy ahamiyatini tushuntirib beradi (ushbu qismda Prezident asarlari va ma’ruzalariga albatta murojat qilinishi lozim).


    Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature reviyew). Mavzuga oid adabiyotlar tahlili tadqiq etilayotgan muammo yuzasidan muallifning bilim va tasavvurlarga ega ekanini namoyon etuvchi qism hisoblanadi. Adabiyotlar tahlili mavjud intellektual hudud doirasini baholash va shu asosda ma’lum xarita yaratishni anglatadi. Adabiyotlarning tanqidiy tahlilidagi urinishlar mazkur mavzu doirasidagi bilimlarni kuchaytiradi va tadqiqot savollarini yanada oydinlashtirishga yordam beradi. O‘z mazmuniga ko‘ra har qanday tadqiqot ayni shu sohada yaratilgan avvalgi bilimlar negiziga quriladi. Adabiyotlar bo‘yicha tahlil asosan sohadagi eng yangi jurnal maqolalari va boshqa turdagi ma’lumot manbalari asosida amalga oshadi (mavzuga oid maqolalarni kalit so‘zlar yordamida www.scholar.google.com qidiruv tizimidan topish mumkin).


    Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology). Tadqiqot metodologiyasi tadqiqotning eng muhim qismlaridan biri bo‘lib, u o‘tkazilayotgan tadqiqotning umumiy xaritasi, tadqiqot yo‘li va manzilga (natijaga) olib boruvchi xaritaviy chizgilari hisoblanadi. Tadqiqot metodologiyasi tadqiqot falsafasi va yo‘nalishini (deduktsion yoki induktsion) belgilash, tadqiqot dizayni, ya’ni tadqiqot muammosining echimiga olib boruvchi bosh rejasini tuzish, tadqiqot uchun zarur axborotni olish yo‘llari va tadqiqot etikasini belgilash, tadqiqot ob’ektining tanlovi (sampling), birlamchi yoki ikkilamchi ma’lumot manbalaridan foydalanish to‘g‘risidagi qarorlar, tadqiqot strategiyasini (kuzatish, eksperiment, keys-ctadi, savolnoma, etnografik, arxiv tadqiqot va h.k.) aniqlash bo‘yicha ratsional qaror qabul qilish asosida qo‘yilgan muammoning aniq echimiga olib chiquvchi yo‘lni belgilashni anglatadi. Metodologiya qismining mukammalligi tadqiqot uchun belgilangan yo‘lning ishonchliligi (reliability) va aniqliligini (validity) asoslash orqali namoyon bo‘ladi.


    Tahlil va natijalar (Analysis and results). Tadqiqotning tahlil qismi tadqiqot metodologiyasida avvaldan belgilab olingan tahlil usullari (matematik modellar va boshqalar) orqali yig‘ilgan ma’lumotlarning tahlilini amalga oshiradi. Bunda faqatgina tahlil usulining natijalari ifoda etiladi; topilgan natijalar bo‘yicha muhokama maqolaning keyingi qismining vazifasi hisoblanadi.


    Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations). Tadqiqotning maqsad, vazifalarining anglashilganligi hamda tadqiqot savollarining o‘z javobini topganligi, tadqiqotning asosiy natijalariga va tadqiqotning umumiy jarayoniga umumiy xulosalar, shu bilan birga, takliflar va ayni tadqiqotdan kelib chiqqan holda kelajak tadqiqot ishi yo‘nalishlari maqola xulosa va takliflari qismining asosini tashkil etishi lozim.


    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (References). Ushbu qismda tadqiqotda foydalanilgan barcha adabiyotlarning ro‘yxati [1], [2] yoki [3] ketma-ketligida qo‘yiladi:
    • mualliflar ismi-sharifi, kitob nomi, nashr manzili nashriyot nomi, yili, betlari;
    • mualliflar ismi-sharifi, maqola nomi, jurnal nomi, nashri, yili, soni, betlari.
    Maqola matni shrifti “Times New Roman”da, 14 kegelda bo‘lib, qatorlar oraliqlari masofasi 1 intervalda bo‘lishi lozim. Maqola matni sahifasining barcha (o‘ng, chap, yuqori va quyi) tomonidan 2 santimetrdan iborat masofa qoldiriladi. Maqolaning maksimal hajmi 16 betdan oshmasligi, minimal hajmi esa 7 betdan kam bo‘lmasligi hamda foydalanilgan adabiyotlar soni kamida 10-15 manbadan iborat bo‘lishi lozim.
    Maqolada keltirilgan jadval nomlari uning yuqori qismida, chizma yoki rasm nomlari ularning quyi qismida yozilishi hamda ularning manbasi aniq ko‘rsatilishi lozim. Maqolada jadval, chizma va rasmlarning berilishi maqola sifatini oshiruvchi manba bo‘lib xizmat qiladi.
    Maqolalar o‘zbek, rus, ingliz tillaridan birida taqdim etilishi lozim.
    Maqola tegishli fan yo‘nalishi bo‘yicha fan doktorining rasmiy taqrizi bilan birga qabul qilinadi.
    Tahririyat maqolani qo‘shimcha ravishda taqrizga taqdim etishi va ushbu taqriz natijalari asosida maqolani chop etish masalasi bo‘yicha tegishli qarorga kelishi mumkin.
    Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan maqolalar tahririyat tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.
    Keltirilgan talablar yakuniy emas, ba’zi maqolalar borasida Nashriyot qo‘shimcha ma’lumot so‘rash huquqini saqlaydi.

Статьи

Политика раздела по умолчанию

Заявление о конфиденциальности

##default.contextSettings.privacyStatement##