TASVIRIY SAN’ATNING TUR VA JANRLARI
Xasanov Xolboy Xasanovich, Termiz davlat universiteti “Tasviriy san’at va muhandislik grafkasi” kafedrasi dotsenti v.b
Ключевые слова:
Tasvir, san’at, tur, rang, gamma, tus, musiqa, ovoz, nota, manzara, musavvirАннотация
Ushbu maqolada tasviriy san’at va uning turlari haqida ilmiy fkrlar bayon etiladi. San’atning turlari juda ko’p. Ular musiqa, kino, teatr, xoreografya, tasviriy
san’at va boshqalardir. Odatda borliqni tasviriy obrazlarda, shakllarda, fazoviy kenglikda yoki tekislikda (qog’oz yuzasida, devor yuzasida va hokazolarda) aks ettiradigan san’at tasviriy san’at deb ataladi. San’atkor real borliqni o’z asarlarida tasvirlar ekan, u hech vaqt uni mexanik ravishda ko’chirmaydi. Aks holda, u yaratgan san’at asarlarining fotograf yaratgan rasmlardan farqi bo’lmay qoladi. San’atkorning vazifasi oliyroqdir. U hayotda mavjud bo’lgan voqea va hodisalarni tasvirlar ekan, u tasvir orqali o’zini hayajonlantirgan biron bir fkrni ilgari suradi, ijtimoiy hayotda sodir bo’layotgan voqea va hodisalarning mohiyatini ochib berishga intiladi, ularga o’z munosabatini bildiradi, hukmini chiqaradi. Masalan, rassom biror shaxsning rasmini ishlar ekan, u hech vaqt
uni faqat o’ziga o’xshatishga intilish bilan chegaralanmaydi.
Библиографические ссылки
Boymetov B., Tolipov N. «Maktabda tasviriy san`at tugaragi» Toshkent.: UzTSMU 1995 yil.
Davletshin M.G. «Ta`limning psixologik asoslari» -Toshkent.: O’qituvchi 1978 yil.
Yuldoshev J., Usmonov S. «Pedagogik texnalogiya asoslari» Toshkent.:O’qituvchi 2004 yil.
Ibroximov X. «Tabiat:nafosat, ekologiya tugaragi dasturi» Xalk ta`limi 2001 yil.