KREDIT-MODUL TIZIMINI JORIY ETISHDA RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR TAJRIBASI
Xaydarova Ra’no Anvarovna, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi kata o’qituvchisi
Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi»da belgilab berilgan aniq vazifalardan biri oliy ta’lim jarayonlariga kredit-modul tizimini joriy etish kabi dolzarb masala yoritilgan. Bunda xorijiy tajriba batafsil berilgan. 1999 yilda 29 ta davlat tomonidan (hozirgi kunda 50dan ortiq mamlakat a’zo) Bolonyada maqsadi taqqoslanadigan darajalar tizimini qabul qilish, akademik va kasbiy tan olishni engillashtirish va bitiruvchilarning ishga joylashish imkoniyatlarini ta’minlashga qaratilgan yagona ta’lim muhitini yaratish jarayonida ishtirok etish haqidagi Deklaratsiyaning imzolanishining sabablari va erishilayotgan natijalar ochib berilgan. Bolonya ta’lim tizimi 12 yillik o‘rta ta’lim; 2 bosqichli oliy ta’lim talabalari; kredit ESTS yordamida yagona baxolash texnologiyasi kabi birlamchi talablarini ahamiyati va qo‘llanilish ko‘lami ko‘rsatilib, kredit terminiga izox berilgan. Kredit turlari, turli regionlardagi o‘ziga xosliklari, asosiy tamoyillari sanab o‘tilgan. ERASMUS xalqaro ta’lim dasturini joriy etishda Evropada talabalar bilimini baholashdagi turli xillik va o‘zaro mos kelmaslik holatlari yuzaga chiqdi, umumlashtirishda qiyinchiliklar paydobo‘ldi. Kredit tizimi ushbu muammoni hal qila oladigan, shu bilan birga milliy ta’lim tizimlarini amalda yaqinlashtirib, moslashuvchan va shaffof bo‘lishini, ta’limdagi hujjatlar esa – oson taqqoslanadigan eng optimal vosita ekanligi xalqaro eksperimentlar natijasida aniqlandi. Kredit-modul tizimini yutuq va kamchiliklari taxlil qilingan, O‘zbekiston oliy ta’limi rivojlanishiga, raqobatbardoshligini oshirishga, etuk mutaxassislarni shakllantirishdagi roliga alohida to‘xtalgan. Ushbu tizimga o‘tishda boy xorijiy tajriba nechog‘lik ahamiyatliligi haqida so‘z boradi.
References
O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘RQ-637-sonli Qonuni.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevral «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi 4947-sonli Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabr «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5847-sonli Farmoni.
Gancherenok I.I., Gribovskaya E.L. Modeli magistrskoy podgotovki: Shvetsiya, Velikobritaniya, Ispaniya. Minsk,2002, 96 s.
Usmonov B.SH., Xabibullaev R.A. Oliy o‘quv yurtlarida o‘quv jarayonini kredit-modul tizimida tashkil qilish. O‘quv qo‘llanma. T.: «Tafakkur» nashriyoti, 2020 y. 120 bet.
Usmonov B.Sh, Xabibullaev R.A. Oliy o‘quv yurtlarida o‘quv jarayonini kredit-modul tizimida tashkil qilish. O‘quv qo‘llanma. T.: «Tafakkur» nashriyoti, 2020 y. 120 bet.
O‘rinov V. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ECTS kredit-modul tizimi: asosiy tushunchalar va qoidalar. O‘quv qo‘llanma. Nyu Bransvik Universiteti, 2020 y.
The European Higher Education Area. - Joint Declaration of the Ministers of Education. - Bologna, 1999, 19 June.