UMUMIY TEXNIK KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHDA NAZARIY MEXANIKA FANINING INNOVATSION-DIDAKTIK MODELI
Parmonov Abdutolib Abduvahob oʻgʻli Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali dotsenti, PhD
Аннотация
Mazkur ilmiy ishda bo‘lajak muhandislarning umumiy texnik kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan komponentli va mazmunli model ishlab chiqilgan bo‘lib, unda nazariy mexanika fanining kasbga yo‘naltirilgan, innovatsion va fanlararo integratsiyalashgan o‘qitish imkoniyatlari asoslab berilgan. Tadqiqotda UTKni rivojlantirishning asosiy didaktik tamoyillari — kasbga yo‘naltirilganlik, fanlararo uzluksizlik, raqamli axborot texnologiyalaridan maqsadga
muvofiq foydalanish va muammolilik tamoyili puxta tahlil qilingan. Model me’yoriy, maqsadli, mazmunli-texnologik va diagnostik-natijaviy komponentlar orqali talabaning motivatsion, kognitiv, praksiologik, texnik-texnologik hamda refleksiv kompetensiyalarini bosqichma-bosqich rivojlantirishga xizmat qiladi. Nazariy mexanika fanini amaliy dasturlar, raqamli simulyatsiyalar, fanlararo bog‘liqlik va kasbiy kontekstga asoslangan vazifalar bilan boyitish UTKni samarali
shakllantirish uchun muhim omil sifatida asoslangan. Ushbu model muhandislik ta’limida fundamental bilimlar bilan amaliy faoliyatni integratsiyalovchi, innovatsion, tizimli va samarali pedagogik yondashuv sifatida taklif etiladi.