O‘ZBEKISTONDA DAVLAT EKOLOGIK SIYOSATINING TRANSFORMATSIYASI: TARIXIY BOSQICHLAR VA USTUVOR YO‘NALISHLAR (1991–2025)
Ma’rupova Parvina Muxammadjon qizi Toshkent viloyati Chirchiq shahar Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Tarix yo’nalishi 2-bosqich magistranti Chirchiq shahar 25-umumiy o’rta ta’lim maktabi Tarix fani o’qituvchisi Ilmiy rahbar:Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti Tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Xudayberdiyev Ikrom Ilxomjon o’g’li
Аннотация
Maqolada mustaqillikdan keyingi davrda O‘zbekistonda ekologik siyosatning mazmuni va boshqaruv usullarida yuz bergan o‘zgarishlar tarixiy ketma-ketlikda ko‘rib chiqiladi. Tahlilning markazida uch masala turadi: mustaqil ekologik qonunchilik va institutlarning shakllanishi, 2000-yillarda amaliy hamda xalqaro hamkorlik mexanizmlarining kengayishi va 2017-yildan keyin ekologik vazifalarning iqtisodiy hamda strategik rejalashtirish bilan bog‘lanishi. Normativ-huquqiy hujjatlar va davlat strategiyalarini o‘zaro qiyoslash ekologik boshqaruvning vazifalari vaqt o‘tishi bilan kengayganini ko‘rsatadi. Muallif 1991–2000, 2001–2016 va 2017–2025-yillarni shartli bosqichlar sifatida ajratib, ularning uzviyligi va farqli jihatlarini tahlil qiladi.
Загрузки
Опубликован
2026-10-12
Выпуск
Раздел
Образование и инновационные исследования