FAN METODOLOGIYASI VA ILMIY TADQIQOTLARNI TASHKIL ETISH FANINI O‘QITISH ORQALI MAGISTRATURA TALABALARINING TADQIQOT KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH
Parmanov J.T., Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti o‘qituvchisi
Abstract
Mazkur maqolada magistratura talabalarining tadqiqot kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy va pedagogik asoslari tahlil qilingan. Tadqiqot kompetensiyasining mazmun-mohiyati, tarkibiy komponentlari hamda uni shakllantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar yoritilgan. Shuningdek, magistratura ta’limi jarayonida ilmiy-tadqiqot faoliyatini samarali tashkil etish, “Fan metodologiyasi va ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish” fanining imkoniyatlari, interfaol ta’lim metodlari va loyiha asosida o‘qitish texnologiyalarining tadqiqot kompetensiyasini rivojlantirishdagi o‘rni asoslab berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, magistratura talabalarida ilmiy tafakkur, mustaqil izlanish, tahliliy fikrlash hamda innovatsion yondashuvni rivojlantirish ularning kasbiy kompetentligini oshirishning muhim omili ekanligi aniqlangan.