BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINI SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN O‘QUV JARAYONINI LOYIHALASHGA O‘RGATISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Ikramova Billura Muxamadovna, Buxoro davlat pedagogika instituti tadqiqotchisi

Authors

  • Ikramova Billura Muxamadovna

Abstract

Mazkur maqolada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini loyihalashga o‘rgatishning pedagogik-metodik asoslari yoritilgan. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning mazmuni o‘quvchilarning individual ehtiyojlari, qiziqishlari, til tayyorgarligi va o‘rganish sur’atini hisobga olish bilan bog‘liq holda tahlil qilingan. Bo‘lajak o‘qituvchilarda loyihalashga oid bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishning maqsadli-metodologik, mazmuniy, jarayonli-texnologik hamda diagnostik-natijaviy komponentlardan iborat metodik modeli taklif etilgan. Ingliz tili mashg‘ulotlarini loyihalashda diagnostika, maqsadni belgilash, differensial topshiriqlarni ishlab chiqish, baholash mezonlarini aniqlash va refleksiv tuzatish bosqichlarining o‘zaro bog‘liqligi asoslangan. Shuningdek, metodikani amaliyotga tatbiq etishga doir dars loyihasi namunasi va baholash mezonlari tavsiya etilgan.

Published

2026-10-27

Issue

Section

Education and innovative research