MAKTABGACHA TA’LIMDA KONSTRUKSIYALAR TUZISH/APPLIKATSIYA MASHG‘ULOTLARINI «STEAM – TA’LIM» YONDASHUVI ASOSIDA TASHKIL QILISHNING AHAMIYATI
To‘raqulova Malohat Bahodir qizi Guliston davlat universiteti tayanch doktaranti
Ключевые слова:
STEAM, STEM, texnologiya, tanqidiy fikrlash, innovatsiya, integrativ yondoshuv, an’anaviy o‘qitish, metodika, ko‘nikma, konsepsiya, modellashtirish, IT, kooperatsiya.Аннотация
«STEAM – ta’lim» XXI asr innovasion texnologiyalariga asoslangan, maqsadi bolalarda yangi tipdagi fikrlashni rivojlantirish bo‘lgan yangi ta’lim tizimidir. Bu – an’anaviy o‘qitish metodikasidan farq qiladigan va ijodiy hamda tahliliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga asoslangan tamomila yangicha yondashuvdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida barcha yosh guruhlarida mavjud bo‘lgan besh muhim markazlardagi ta’lim-tarbiyaviy jarayonlar tarbiyalanuvchilarda muntazam yangi bilimlarni qo‘lga kiritishga, amalyotda muhtahkamlashga yordam beradi. Bolalarni bilimlarini mustaqil to‘ldirib borish, yangilanish jarayonlariga oson moslashib borishga o‘rgatish rivojlantiruvchi markazlarning asosiy maqsadidir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhit tashkil etilgan bo‘lib, STEAM ta’lim texnologiyasidan foydalangan holda takomillashtirish maqsadga muvofiqdir.
Библиографические ссылки
To‘raqulova Malohat Bahodir qizi “International education research” jurnal “Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida STEAM tayyorgarligini takomillashtirish” 4-bet
Abduraimova G.O “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini texnologiya fanini o‘qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish” Dissertatsiya Toshkent-2022-y 80-bet
“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi Toshkent-2022-y 49-bet
Tosheva N.T Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish “Darslik” “Kamolot” nashriyoti Buxoro-2022-y 138-bet
Maxmutazimova Y.R Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyalari “O‘quv qo‘llanma” Tamaddun Toshkent-2022-y 50-bet