BOSHLANG‘ICH TA’LIM TEXNOLOGIYA DASRLARIDA AMALIY ISHLARNI TASHKIL ETISHDA STEAM-YONDASHUVDAN FOYDALANISH

Tilavova Matlab Muhamedovna, Buxoro davlat pedagogika insitituti Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi dotsenti, p.f.n., Rajabova Lobar Choriyevna, Buxoro davlat pedagogika insitituti Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi

Авторы

  • Tilavova Matlab Muhamedovna, Rajabova Lobar Choriyevna TerDU

Ключевые слова:

STEAM, amaliy ish, robototexnika, LEGO, texnologiya, metod, boshlang‘ich ta’lim, ijodiy, qobiliyat

Аннотация

Bugungi kunda jahonda to‘rtinchi texnologik inqilob mavjud, tezkor axborot oqimlari, yuqori texnologiyali innovatsiyalar va rivojlanishlar hayotimizning deyarli barcha sohalarini, yo‘nalishlarini o‘zgartirib bormoqda. Jumladan, Respublikamizda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan farmon va qonunlarda, xalq ta’limi tizimiga ilg‘or xorijiy tajribalar, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘quv-tarbiya jarayonida tatbiq etish, xususan ta’lim berishning zamonaviy va innovatsion usullarini joriy etish, o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, darsliklarning yangi avlodlarini joriy etish va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentyabrdagi «2018-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi №PQ-3931-son qarorida ta’lim sifatini yaxshilash va innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish vazifasi belgilangan. Unga ko‘ra ilg‘or jahon tajribasiga tayanib, yangi davlat ta’lim standartlari va umumiy o‘rta ta’lim o‘quv dasturlarini, shu jumladan STEAM usulini bosqichma-bosqich joriy etish va takomillashtirish ko‘zlangan. Shuningdek, umumiy o‘rta ta’limning yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini takomillashtirish va shu bilan birga STEAM metodlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish belgilangan. Shu bilan birgalikda, jamiyatning talablari, shaxsning manfaatlari ham shunga ko‘ra o‘zgarib bormoqda. Bugungi kunda o‘quvchilarni robototexnika, 3D dizayn, modellashtirish, dasturlashga bo‘lgan qiziqishlari ortib bormoqda. Maqolada boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida amaliy ishlarni tashkil qilishda STEAM yondashuvdan foydalanish usullari haqida so‘z yuritiladi.

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5 sentyabrdagi “2018–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi №PQ–3931- son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son farmoni

O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Mirziyoyev Sh. M . Milliy taraqqiyot yo‘limizni qa’tiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. –T.: O‘zbekiston.2017-yil.

Texnologiya. 2-sinf darslik. T.: Novda nashriyoti. 2023-yil

Texnologiya. 3-sinf darslik. T.: Novda nashriyoti. 2023-yil

Tilavova M.M. “Texnologiya va uni o’qitish metodikasi” o’quv qo’llanma. T.: Muharrir n. 2019- yil. -232b

Мухамадовна ТМ, Джамшитовна КМ, Нарзуллаевна QS (2023). Искусство как значимый фактор формирования мировоззрения студентов.

Rajabova, L. (2020). Steam ta’lim dasturi asosida matematika masalalarini yechishning ilg’or usullari. центр научных публикаций (buxdu. Uz), 1(1).

Загрузки

Опубликован

2024-08-03