MAKTAB TA’LIMI VA ISHLAB-CHIQARISH INTEGRATSIYASINI INNOVATSION BOSHQARUV ASOSIDA TASHKIL ETISH MEXANIZMLARI

Mexmonov Ismat Toshpo‘latovich Mustaqil tadqiqotchi, pedagogik xizmalar markazi direktor o‘rinbosari, A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy- tadqiqot instituti

Авторы

  • Mexmonov Ismat Toshpo‘latovich TerDU

Ключевые слова:

Kreativ boshqaruv, ta’lim va biznes, tadbirkor, ishlab chiqarish, innovatsiya, kompetensiya, investitsiya, intellektual mulk, ishlab chiqarish korxonalari, zamonaviy texnika va texnologiya, kichik texnologiyalar.

Аннотация

Maqolada maktab ta’limi va ishlab-chiqarish integratsiyasini innovatsion boshqaruv asosida tashkil etish mexanizmlari, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishda ta’lim va ishlab-chiqarish integratsiyasini tashkil etishning tashkiliy xususiyatlari, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning zamonaviy shakllari ilgari surilgan. Zamonaviy dunyoda, inson kapitali ta’sirining o‘sishi bilan bir qatorda, jamiyatning yangi sifatini shakllantirishning eng muhim omili sifatida ta’limning ahamiyati ortib bormoqda. Ma’lumki, jahonda zamonaviy ta’lim tizimining asosini sifatli va yuqori texnologiyali muhit tashkil etadi. Uning yaratilishi va rivojlanishi texnik jihatdan murakkab, shu bilan bir qatorda bunday muhit ta’lim tizimini takomillashtirishga, ta’lim jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga xizmat qiladi. Ushbu zamonaviy ta’lim tizimini shakllantirish, yangi texnalogiyalarni tizimga tadbiq qilish malakali kasb-hunarga ega bo‘lgan mutuxassis-kadrlarga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Dunyoda inson omili va kapitali, qobiliyati va salohiyatidan innovatsiyalar joriy qilish asosida samarali foydalanish raqamli boshqaruv tizimi va axborot kommunikatsiya vositalari shakllanayotgan bugungi kunda, ayniqsa, o‘quvchi-yoshlarni kasbga yo‘naltirish va uni samarali boshqarish bo‘yicha mutaxassis-kadrlar tayyorlashning pasayib borishi oqibatida davlatlarning rivojlanishdan ortda qolishiga sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, ta’limda ixtisoslashtirishning ilmiy asoslangan tizimi joriy qilinmaganligi, ta’lim tarmoqlarida moddiy- texnik va innovatsiya tizimining qoniqarsiz ahvolda ekanligi, kasbga yo‘naltirishda innovatsion boshqaruv faoliyatining tashkiliy-metodologik asoslari to‘liq ishlab chiqilmaganligi, oliy ma’lumotli professional pedagog kadrlar tayyorlaydigan OTM, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlovchi muassasalar o‘rtasidagi integratsion munosabatlardagi muayyan muammolarning yuzaga kelishi natijasida xalq ta’limi tizimida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishda innovatsion boshqaruv faoliyatining ahamiyati oshib bormoqda.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2019 yil 29 apreldagiPF-5712-son Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-son qarori.

Pardabaev J.E. ““STEAM” - Education as an innovative approach to the development of vocational training for students” // European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. Vol. 8 No. 3, 2020. ISSN 2056-5852

Miralieva D. Jahon ta’lim tizimi. O‘quv uslubiy majmua. T.: Iqtisodiyot., 2016 y., 30-bet

Sh.E.Ne’matov, O‘.O.Tohirov, G.Yadgarova, N.Tashbaev. O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish orqali umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzviyligini ta’minlashning nazariy-metodologik asoslari.

Загрузки

Опубликован

2024-11-02